Partiya Markaziy kengashi «Ayollar qanoti» tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan «Siyosatga marhamat!» loyihasining navbatdagi mehmonlari xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashi deputati, partiya Parkent tuman Kengashi raisi Gavhar Rizayeva hamda Olmaliq shahar Kengashi deputati, Olmaliq shahar Kengashi raisi Matlyuba O‘lmasovalar bo‘ldi.
Ochiq muloqotda deputat ayollar siyosiy tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi, ishtirokchilarning savollariga javob qaytardilar.
– Faraz qiling, qarshingizda saylovchilar o‘tirishibdi. Siz deputatlikka nomzod sifatida ularga o‘zingizni qanday tanishtirgan bo‘lardingiz, ya’ni saylovchilarda iliq taassurot uyg‘otish uchun qanday yo‘l tutasiz?
Matluba O‘lmasova:
– «Deputat bo‘lish uchun qanday kasb egasi bo‘lish kerak?» Saylovoldi uchrashuvlarimda saylovchilarga bergan ilk savolim shunday bo‘lgan. Ulardan: «Nomzod siyosiy partiyalarda yoki birorta davlat tashkilotida faoliyat yuritayotgan bo‘lishi kerak», degan javob olganman. Shunda ularni hunarmandlik faoliyatim hamda saylovoldi dasturim bilan tanishtirganman.
O‘shanda saylovchilarda iliq taassurot uyg‘ota olgandirmanki, deputat bo‘lib saylandim. Shu yo‘l bilan onamning ham orzulari ushalgan. Boisi, onam menga hunar o‘rgatdilar. Kelajakda kuchli ayol bo‘lishing kerak. Ishonaman, sen buni uddalaysan, xalqqa yordaming tegadi. Lekin bir narsani unutmagin, kim bo‘lishingdan, qat’i nazar, oilada o‘z o‘rningni bilgin, turmush o‘rtog‘ing hurmatini joyiga qo‘ygin, deb nasihat qilganlar.
Gavhar Rizayeva:
– Saylov jarayonlarida fuqarolarga o‘zimni tanishtirishimning hojati bo‘lmagan. Sababi, nafaqat Parkent tumanida, balki O‘zbekistonda taniqli bo‘lgan inson – O‘zbekiston qahramoni Tojiboy ota Rizoyevning kelini ekanligimni hamma yaxshi bilardi. Shunday ibratli oila vakilasi bo‘lganim uchunmi, saylovchilar menga ishonch bildirib, bir ovozdan deputat etib saylashgan. Avvaliga menda, deputat bo‘lish uchun siyosiy bilimlarim yetarlimikin, saylovchilarim kutgandek, ular bilan davlat o‘rtasida ko‘prik bo‘la olarmikanman, degan xavotir bor edi. Lekin senga umid ko‘zi bilan boqib turgan insonlarning ishonchi odamga kuch bag‘ishlar ekan. Qolaversa, «falonchining kelini» degan nomning soyasida qolib ketmasligim kerak, degan o‘y menga tinchlik bermadi. Yumushlarim qanchalik ko‘p bo‘lmasin, siyosiy jarayonlarni kuzatib borishga harakat qildim, bilimlarimni boyitdim, xalq bilan xalqona tilda muloqot qildim.
– Bilishimcha, yaqinda siyosiy partiyalar ayol vakillarining yetakchilik salohiyatini oshirish maqsadida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etdingiz. Qolaversa, mana, besh yildirki, siyosatning ichidasiz. Nima deb o‘ylaysiz, siyosatchi bo‘lishga, umuman liderlikka intilayotgan xotin-qizlarda qanday bilimlarga ehtiyoj bor?
Matluba O‘lmasova:
– Avvalambor, mazkur o‘quvlarda notiqlik san’ati bilan yig‘ilganlar e’tiborini jalb qilish, kamera qarshisida o‘zini tutish, saylovchilar bilan uchrashuvlarda shovqin-suron bo‘lib turgan vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmaslik, fikrni jamlash, murojaatchilarni sabr bilan eshitish ko‘nikmalarini egalladik. Menimcha, liderlikka intilayotgan xotin-qizlarimiz uchun ana shu shunday ko‘nikmalarni egallash juda muhim.
Gavhar Rizayeva:
– Siyosatchi ayollarning yangi avlodini shakllantirishda nazariya va amaliyot uyg‘unligi juda muhim. Partiyaning «Ustoz-shogird» loyihasi doirasida Yoshlar parlamenti a’zolarining parlamentdagi deputatlarga biriktirilishi bu boradagi eng samarali usullardan biri, deb hisoblayman. Bu amaliyot partiyaning quyi tizimida ham joriy qilinsa, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlariga siyosatga qiziquvchi yoshlar biriktirib qo‘yilsa, ularga siyosiy bilimlarini amaliyotda mustahkamlab borishlari uchun zo‘r imkoniyat yaratilgan bo‘lardi.
- Tahlillarga ko‘ra, aksariyat yurtdoshlarimiz siyosat faqat erkaklarning ishi, degan noo‘rin qarashni ilgari surishar ekan...
Matluba O‘lmasova:
– Albatta, vakolatimiz doirasida biz ham ko‘plab murojaatlarni ijobiy hal etishga harakat qilyapmiz. 2023 yil mobaynida 325 nafar ishsiz yoshlarni 50 dan ziyod hunarmandlarga biriktirib qo‘ydim. Ayni paytda ularning 30 nafari o‘z mustaqil faoliyat boshlab, hatto bugun shogirdlar yetishtirishyapti.
Menga ko‘pincha: «Jamoatchilik asosida faoliyat yuritar ekansiz, shunchalik jon kuydirishingiz shartmi?!» deyishadi. «Shart!» deyman. Saylovchilar ishonchi qanchalar yuksak mas’uliyat ekanligini, fuqarolardan minnatdorlik dil so‘zlarini eshitish, ularning duolarini olish qanchalar yoqimli ekanligini ular bilishganda edi.
Gavhar Rizayeva:
– Deputatlik faoliyatimning dastlabki yillarida hududdagi asosiy muammo infrotuzlma bilan bog‘liq edi. Hozir esa xotin-qizlarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy ko‘riklar, salomatligi, nogironlikni belgilash bilan bog‘liq masalalar kun tartibiga chiqdi. Fuqaro murojaatlarining aksariyati esa bandlik masalasi bilan bog‘liq. Ishsiz ayollarni ishlab chiqarish korxonalariga, tikuv syexlariga ishga joylashtirishga harakat qilyapmiz. 80 nafar xotin-qizlarni ishlab chiqarish korxonalariga, tikuv syexlariga ishga joylashtirdik, 20 nafarini mavsumiy ishlarga jalb qildik. Bandligi ta’minlanib, og‘ir ro‘zg‘or yukining bir uchuni yelkasiga olayotgan ayollarning turmush o‘rtoqlari bizdan minnatdor bo‘lib, dil so‘zlarini aytishganida, qaynonalari duo qilishganida faoliyatimiz mashaqqatlari ham unut bo‘lib ketadi.
- Bu gaplarni eshitib, ayol deputat ijtimoiy masalalar qirolichasi, degan gap bejiz aytilmaganiga yana bir bor amin bo‘lyapman. Lekin deputatlikning o‘ziga xos mashaqqatlari ham bor.
Matluba O‘lmasova:
– Besh yil mobaynida shu narsaga amin bo‘ldimki, barchani birdek rozi qilish mumkin emas ekan. Kimningdir muammosini hal qilish jarayonida xohlaymizmi, yo‘qmi, qaysidir tashkilotning mutasaddilari bilan ziddiyatlarga borishga to‘g‘ri keladi. Prezidentimiz, muhtojlarga subsidiyalar ajratilsin, deyaptilar, lekin quyida bu borada tanish-bilishchilik, korrupsiyaga duch kelyapmiz, subsidiyalar haqiqiy muhtojlarga yetib bormayapti. Subsidiyalar o‘z haqiqiy egalariga yetib borsa, bu borada shaffof tizim yaratilsa, hech qanday e’tirozlar, portalga murojaatlar bo‘lmasdi. Menimcha, bu masalada deputatlik nazoratini kuchaytirish kerak.
Gavhar Rizayeva:
– Tan olish kerak, deputat bo‘lish, xalqning dardi bilan yashash oson emas. Mahallang tinch, sen tinch, degan fikrning nechog‘li o‘rinli ekanligiga yana bir bor amin bo‘lib kelyapman. Agar sizni qo‘llab-quvvatlaydiganlar, imkoniyatlaringiz yetarli bo‘lmasa, bu sohada faoliyat yuritish oson bo‘lmaydi. Lekin yana bir narsaga amin bo‘ldimki, mas’uliyat har qanday masalaning yechimi ekan. Men ham xalqimizning ishonchi zimmamga yuklagan katta mas’uliyatni his qilgan holda faoliyat olib boryapman. Yoshi ulug‘ saylovchilarim, otangga rahmat, ayrim erkaklar bajara olmaydigan ishlarni qilyapsan, deya duo qilib turishganda qanday qilib deputatlikni tashlab ketishim mumkin?!
- Saylov jarayonlarida to‘siqlarga ham uchraganmisiz?
Matluba O‘lmasova:
– To‘siqlar desam, qanchalik to‘g‘ri bo‘ladi bilmadimu, lekin bu jarayonda o‘zim duch kelgan ayrim holatlar, saylovlar jarayonida qonundan og‘ish holatlari, hokimiyat vakillari, mahalla raislari tomonidan noholisliklar, noqonuniy ishlar bo‘lishiga amin bo‘ldim. Saylovchilar tomonidan «Falon partiyadan ko‘rsatilgan nomzod bizga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatyapti. Sizga ovoz bersak, bizga nimalar qilib bera olasiz?» qabilida murojaatlar ham bo‘ldi. Ularga javoban: «Men sizlarga moddiy jihatdan nimalarnidir va’da qila olmayman, siz bilan davlat o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishim mumkin», dedim. Yana bir holat shu bo‘ldiki, ishonchli vakilim saylovga mas’ul bo‘lgan bir shaxsning bizga raqib nomzodni qo‘llashga qaratilgan harakatlariga guvoh bo‘lgan va bu holatni hatto video tasvirga tushirgan. Video tasvirlar saylov komissiyasiga taqdim etilgach, haqiqat tantana qildi va men deputat etib saylandim.
Gavhar Rizayeva:
– Siyosiy faoliyatimni boshlang‘ich partiya tashkilotidan boshlaganman. Menga deputatlikka nomzodimni qo‘yish taklifini bildirishganida, to‘g‘risi biroz ikkilangandim. Sababi, siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanib kelayotgan insonlargina deputat bo‘la oladi, degan fikrda edim. «Siz taniqli tadbirkorsiz, qolaversa, obro‘li, elning nazariga tushgan oila vakilasisiz, shunday ekan, tanlovda g‘olib bo‘lish imkoniyatingiz kengroq», deya nomzodimni ham viloyat, ham tuman Kengashi deputatligiga qo‘yishdi. Lekin mening g‘oliblikdan umidim kamroq edi. Boisi, boshqa partiyadan qo‘yilgan nomzodlar orasida erkak nomzodlar, maktab direktorlari bor edi. Saylovchilar ayol nomzoddan ko‘ra, erkak nomzodlarga ko‘proq ovoz berishadi, deb o‘ylagandim. Lekin kutilmaganda viloyat Kengashi deputati etib saylandim. O‘z tajribamdan kelib chiqib aytishim mumkin, ayni paytda ayol nomzodlar oldida hech qanday to‘siqlar yo‘q. O‘zimizda xohish, ishtiyoq bo‘lsa bas!
- O‘zbekiston aholisi 37 milliondan oshdi. Bu yaxshi albatta. Lekin aholi soni ortishi barobarida ularning bandligini ta’minlash, ta’lim sifatini oshirish bilan bog‘liq muammolar ko‘proq yuzaga chiqyapti. Bu masalalarni hal etishda siz kabi deputatlarimizning o‘rni qanday bo‘lishi kerak deb o‘ylaysiz?
Matluba O‘lmasova:
– Ochig‘ini aytish kerak, ayrim fuqarolarimizning bo‘yni ishga yor bermayapti. «Mana, hunarli, ishli bo‘ldingiz, endi o‘zingiz mustaqil faoliyat yuritishingiz mumkin», desak, ular: «Yo‘q, men bu ishni uddalay olmayman, kam ta’minlangan oilamiz, bizni davlat boqishi kerak», deb turib olishyapti. Yoki ularga biror ish taklif qilinsa: «Maoshi kam ekan, meni falon tashkilotga ishga joylab qo‘yinglar», qabilidagi talablarni qo‘yishyapti. Fikrimcha, aholi bandligini ta’minlash, ishsizlik, kambag‘allikni qisqartirish uchun eng avvalo, boqmandalik kayfiyatini o‘zgartirishimiz, mehnat qilishga o‘rgatishimiz kerak.
Gavhar Rizayeva:
– Bugun ishsizlik respublika miqyosidagi eng katta muammolardan biri. Biz bu borada mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz, ishsizlik darajasini mahallalar kesimida tahlil qilib, ish o‘rinlari yaratishga harakat qilyapmiz. Yosh oilalar o‘rtasida motivasion mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga alohida ahamiyat qaratyapmiz. Aslida juda mehnatkash xalqmiz, ayniqsa, sabr-toqatli, metin irodali ayollarimiz har qanday ishning uddasidan chiqishadi. Buning uchun ularga imkon berilsa, bas!
- Tasavvur qiling, yoningizga bir odam kelib, partiyalar o‘zi nimaga kerak, deputatlar ishlamaydi, degan fikrni bildirsa, qanday javob qaytargan bo‘lardingiz?
Matluba O‘lmasova:
– Aksariyat hollarda partiyalarga yoki deputatlarga murojaat qilganu, muammosi ijobiy yechim topmagan fuqarolarda shunday kayfiyat kuzatiladi. Men eng avvalo, undan noroziligi sababini, muammosini so‘rab-surishtirardim. Va vakolatim doirasida unga yordam berardim. Shu tariqa fuqaroning partiya va deputatlar haqidagi fikrini ijobiy tomonga o‘zgartirardim.
Gavhar Rizayeva:
– Men faoliyatimizdan norozi bo‘layotgan fuqaroga: «Siz qaysi partiyaning dasturi bilan tanishsiz?» degan savol bilan murojaat qilgan bo‘lardim. Aminmanki, u partiyalarning bir-biridan tubdan farq qiladigan g‘oyasi, yo‘nalishi, maqsadlari haqida hech qanday ma’lumotga ega emas. Deputatlarning vakolatlari, vazifalari nimalardan iboratligini bilmasligiga ham aminman. Siyosiy bilimi yetarli bo‘lgan insonda bunday savol bo‘lmaydi.