BMT Bosh Assambleyasining 1948 yil 10 dekabrda qabul qilingan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib tug‘ilishlari, ...binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo‘lishlari kerak”ligi yozib qo‘yilgan. Aynan mazkur deklaratsiya qabul qilingan vaqtdan boshlab gender tengligi huquqi jahon miqyosida tan olindi. Gender ko‘rsatkichlarini hujjatlashtirib boruvchi “Gender Data Compass” xalqaro tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekiston 183 ta davlat orasida 56-o‘rinni egallagan.
Ma’lumki, ko‘plab genderga oid tadqiqotlarda gender – davlat va tengsizlik o‘rtasidagi ijtimoiy kategoriya sifatida tushuniladi. Avvallari gender tengsizlik munosabatlari deyilganda, erkaklarning ijtimoiy guruh sifatida ayollar ustidan hukmronligi tushunilgan bo‘lsa, endilikda, bu tushunchaga siyosiy tushuncha deb qaralmoqda. Bunga ko‘ra, jamiyatdagi mavjud gender notengligi ijtimoiy va siyosiy jihatdan namunaviy gender tenglikka olib chiqish muhim hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunida esa “gender — xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta’lim hamda ilm-fan sohalarida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy jihati”, deb yozib qo‘yilgan.
Tan olaylik: keyingi yillarda O‘zbekistonda gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Prezidentimiz tashabbusi bilan xotin-qizlar erkinligi va qonuniy huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, ularning davlat va jamiyat hayotida o‘z o‘rinlarini topishlarini ta’minlash yuzasidan muhim qonun va qarorlar qabul qilindi.
Jumladan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga asosan xotin-qizlar va erkaklar o‘rtasida haqiqiy tenglikka erishish, jamiyat hayotining barcha sohalarida ularning ishtirokini kengaytirish, jins bo‘yicha bevosita va bilvosita kamsitishni bartaraf etish hamda bunday holatlarning oldini olish maqsadida davlat tomonidan gender siyosati amalga oshirilishini ta’minlashga doir chora-tadbirlar tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, 2021 yilda qabul qilingan “2030 yilga qadar O‘zbekiston respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi”da inson omili uchun birlamchi bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy masalalar qamrab olindi. Bugun mazkur Strategiya asosida 2030 yilga qadar O‘zbekistonda tashqi va ichki migratsiyaning gender jihatlarini o‘rganish, xotin-qizlarning huquqlari va mehnat migrantlarini himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xotin-qizlar faolligini oshirish va bandligini ta’minlash, shu bilan birga davlat va jamiyat qurilishida xotin-qizlar hamda erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta’minlash kabi muhim vazifalar amalga oshirilyapti. Shuningdek, Strategiyaga ko‘ra, siyosiy partiyalarning rahbarlik lavozimlarida xotin-qizlar ulushini 30 foizdan 50 foizga, boshqaruv lavozimlarida ishlovchi xotin-qizlar ulushini 26 foizdan 30 foizga, sudyalar orasida esa 12 foizdan 30 foizga oshirishga rejalashtirilgan.
Shuni ham alohida qayd etish joizki, bunday talablar islomda ham alohida belgilangan. Xususan, oiladagi ota zimmasida bo‘lgan qizning ta’lim-tarbiyasi, uning barcha ehtiyojlari qiz turmushga chiqqanidan keyin erning zimmasiga o‘tishi yohud otasi yoki eri yo‘q ayolning nafaqasi akasi yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa shaxslarga vojib bo‘lishi kabi farzlar Islomda ayol kishi nafaqasiz qolishi mumkin emasligini, qizning nafaqasi otaga, xotinniki erga, singilniki aka-ukaga, onaniki o‘g‘ilga vojib bo‘lishini bildiradi. Bundan tashqari Islom dinida ayolni e’zozlash, unga nisbatan go‘zal muomala qilish, har qanday holatda ham unga ruhiy yo jismoniy ozor bermaslik Muqaddas Qur’onda bir emas, bir necha bor eslatilgan. Imom Gʻazzoliy rahmatullohi alayhning: “Bilginki, ayolingga ozor berishdan tiyilishing husni xulq emas. Balki, undan yetadigan ozorni ko‘tarishing husni xulqdir”, degan fikrlari ham dinimizda ayolning doimo e’zozlanishidan dalolatdir.
Oxiri yillarda O‘zbekistonda ayollar tengligi masalasida 30 ga yaqin qonun va boshqa hujjatlari qabul qilindiki, bu eng avvalo, oilada va jamiyatning barcha jabhalarida AYOLning manfaatlari har tomonlama himoyalanayotganidan dalolatdir.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, O‘zbekiston uchun aholining har tomonlama farovon yashashi bosh maqsaddir. Bu maqsadga erishishda davlat imkon qadar barcha choralarni ko‘rmoqda. Bu choralarning samarali natijasi esa ko‘proq oilada, jamiyatning bar jabhalarida o‘zaro ahil va “bir-birlariga birodarlik ruhida” yashaydigan insonlarning hamjihatligiga bog‘liqdir.