Ko‘zimiz ochilishi uchun albatta sinov kerakmi bizga?
Pandemiya biz uchun og‘riqli saboq bo‘lganini juda tez unutayotgandekmiz go‘yo. Ortiqcha xarajatlarsiz, nari borsa 30 kishi bilan ham to‘y o‘tkazish mumkinligini o‘shanda ko‘rdik. Birov-birovdan gina qilmasdi. Aksincha, to‘y tashvishini o‘ylab, siqilib, boshi qotgan qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz shu bahona o‘z orzu havaslariga yetgandilar. Shu tariqa kimdir kelin tushirdi, boshqa birov qizini uzatdi.