Mahalliy kengash deputatlari vakolatlari kengaytirilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Ushbu hujjat mahalliy darajada davlat hokimiyatini transformatsiya qilishga, tom ma’noda xalqchil tizimni joriy etishga qaratilgan muhim siyosiy islohotlarning mantiqiy davomi bo‘ldi.