Bu yil iqtisodiyotimizda hayotiy uyg‘onish va yuksalish yili bo‘ladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 14-mart kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumaniga tashrif buyurib, aholining yashash sharoitlari bilan tanishdi. Safar asnosida davlatimiz rahbari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan samimiy suhbatlashdi. Muloqotda diniy-ma’rifiy yo‘nalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida so‘z bordi.