Tomorqa va uy xo‘jaligi - aholi daromadini oshirishda katta manba
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumani Ittifoq mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklaridagi omilkorlik bilan tanishdi. Mamlakatimizda dolzarb masalalardan biri – bandlik. Iqtisodiy islohotlar yoki hududiy dasturlar bo‘lsin, barchasining zamirida ish o‘rinlari ochish, aholi hayotini yaxshilash maqsadi mujassam.