Navoiyxonlik davom etmoqda...
Murojaat qilgan yoshlarning aksariyati viloyatlardan bo‘lishiga qaramay, tanlov kuni 70 nafardan ziyod yoshlar Toshkentga yetib kelishdi. 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etgan tanlov «Navoiyga yo‘ldoshmiz» shiori ostida o‘tdi. Unda qatnashuvchilar 30 daqiqa ichida «Qadriyatlarda Navoiy siymosi» mavzusida insho yozishdi.