Sohibqiron siymosi aks etgan salmoqli kitoblar orasida Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» epopeyasi alohida o‘rin tutadi. Ushbu asar ko‘lam jihatdan, voqealarning qamrovi, eng muhimi xalqimizning o‘lmas va umuminsoniy ma’naviy-diniy qadriyatlarini jahon ommasiga yuksak ibrat darajasida ko‘rsata olgani uchun ham qadrlidir. Kitobdagi murakkab taqdirlar, turli ziddiyat va ularning yechimlari kitobxonni hayajonga soladi.
Birinchi tamsil – Birinchi ibrat
Ma’lumki, adabiyot hech qachon diniy-ma’rifiy qadriyatdan ajralgan emas. Asarning «Belini mahkam» ushlab turgan narsa, hamma zamonlarda ham barchani o‘ylantirib kelgan ko‘hna dunyo TARIXIdir. Bu tarix dunyoni isloh qilishga yuborilgan beadad payg‘ambarlardir.
«Sohibqiron beixtiyor dunyoni sandiqqa o‘xshatar ekan, o‘tgan yili piyri murshidi Shamsiddin Kulolning (Sirlarini muqaddas qilsin) Balxdan Keshga kelgani yodiga tushdi.
Piyr Temurbekni duo qilarkan, bir ajoyib naql aytib bergan edi:
– Dunyoning qay yeridadir Iskandari Zulqarnayn zamonlaridanmi, balki undan ham avvallardanmi, qolgan bir sirli sandiq bor ekan. Uni kim topsa, albatta, dunyoning tagiga yetar ekan. Dunyoda podsholar o‘sha sirli sandiqni topishga urinadurlar, lekin hali hech kim topmagan. Inshoolloh, o‘zlari topgaylar. U sandiqning nomi «Gulshani xazoin» dur. Hali biror podsho bu sandiqni topganini eshitmaduk. Umedvormenki uni topmoq va ochmoq taqdiri azaldan o‘zlariga buyurilgandir...(«Ulug‘ saltanat», birinchi kitob, 31-32 betlar).
Kitob mana shunday azaliy savolga javob izlashdan boshlanib, yuqorida aytilganday payg‘ambarlar, dunyodan o‘tgan ulug‘ hukmdorlar tasviriga ulanib ketadi. E’tibor bergan bo‘lsangiz Hazrat Shamsidlin Kulol Amir Temur haqqiga duo qilishdan boshlab, so‘ng naqlga o‘tmoqda. Bu yerdagi umuminsoniy milliy qadriyat – DUOdan boshlanishidagi hikmatni qarang. Muqaddas hadislarda: «Duo-ibodatning iligidir», deyilgan. Asarga chuqurroq yondoshsak, so‘z aslida duo ekaniga amin bo‘lamiz. Kitobning muvaffaqiyati ham shundaki, to‘rt kitobning barchasi ulkan ezgu so‘zlardan iboratdir.
Ikkinchidan, duo qadriyati hozirgi kunimizda ham ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Kim ota-onasini rizo qilib duosini olgan bo‘lsa, unga ham farzandidan qaytishi isbot talab qilmaydigan aksiomadir. Yoki murabbiy yoki ustozning oq fotiha berishi, shogirdning hayot yo‘lini yoritib turuvchi chiroqdir. Demak duo qadriyatining zamirida RIZO turibdi. Endi kim xalqni rizo qilsa, Haq undan rizo bo‘lg‘usidir.
Ikkinchi tamsil – Ikkinchi ibrat
«Bir kitobki, sizni ezgu yumushlar etagidan tutmakka chorlaydur, dunyoning o‘tkinchi ekanini unutmaslikka undaydur, zero foniy hayotda faqat yaxshilik yo‘lini tutib yashamak-dunyoning tagiga yetmak bilan barobardur».(«Ulug‘ saltanat», birinchi kitob, 32-bet).
Ma’lumki, payg‘ambarlar xususan, Muso alayhissalomga yuborilgan Tavrot, Dovud alayhissalomga tushirilgan Zabur, Iso alayhissalomga tushgan Injil va Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan Qur’oni karim ezgulik sarchashmalari bilan sug‘orilgan. Yuqorida tilga olingan «Gulshani xazoin» nomli sandiqda esa barcha ilohiy kitoblarning mazmun-mohiyati jamlangandir.. Qolaversa, turkiy xalqlarning kitobi bo‘lmish «Avesto'«da ham «Ezgu so‘z va ezgu amal» bayon qilingan. Endi «Bir kitob ki, sizni ezgu yumushlar etagidan tutmakka chorlaydur, dunyoni o‘tkinchi ekanini unutmaslikka undaydur», degan falsafiy qarashni taftish qilib ko‘raylik: Muso alayhissalomning tug‘ilishiga qarshi chiqib, barcha homilador ayollarni o‘ldirgan Fir’avn dunyoning foniyligini bilmasmidi? Iso alayhissalomni xochga tortganlar-chi? Muhammad alayhissalomni Toifda toshbo‘ron qilganlar dunyoning abadiy emasligini bilmasmidilar? Yo‘q, bilardilar. Bilishsa, nechun yovuzlikka qul bo‘lishdi?
Javobni «Ulug‘ saltanat»ning uchinchi kitobidan (285-bet) sohibqiron Amir Temurning Muhammad Charog‘a dodxohga aytgan so‘zlaridan topamiz: «Dunyo esa bir nozanin kelinchak, karashmali hurliqo, ishvakor, dildor, makkor, har oqshom yangi xushtor og‘ushiga o‘zini otadur. Quchog‘ingda shakkar guftorlik qilib turib, o‘zgaga dil beradur... Oh, bu dunyo! Dunyo shundoq... Beqaror dunyoninn ham hech qarori bormikin?». Bor!
Qachoniki, odamlar mehr-oqibatni toj qilib kiysalar, millatidan, dinidan, irqidan qat’iy nazar Hazrati Odamning farzandi ekanliklarini anglasalar, iymon-e’tiqodda, sidqda yashasalar, dunyoning bu chekkasidan narigi chekkasida bir beva ayol zulm tortayotganini his etib, yetimlar ohidan to‘lg‘onib chiqsalar, ana o‘shalarni yaratgan XOLIQ ko‘rib turganini bir-birlariga har lahza eslatib tursalar, dunyo barqarorlik sari qadam tashlaydir!
Uchinchi tamsil – Uchinchi ibrat
«Ulug‘ saltanat»ning birinchi kitobida (37-bet) Sohibqiron Amir Temurning Mavlono Ubayd bilan suhbati berilgan. Unda Amir Temur qiziqqan qutli va bexosiyat kunlar, qaysi kunlar savash maydoniga kirmaslik joizligi xususida mavlono shunday deydi:
«Juma bichma, shanba ko‘chma», degan maqol bor. – El orasida chahorshanbani maqbul hisoblaydilar, ko‘p xayrli ishlarni shu kuni ado etadilar. Ekin-tikin ziroat ham chahorshanbada boshlanadi, chunki chahorshanba – chosh kuni... Murodlar hosil bo‘ladigan kun ekanidan chahorshanbai murodbaxsh deb ham ardoqlaydilar. Payshanbai najotbaxsh ham maqbuldur. Qo‘ng‘irotlar yaylovga shu kuni ko‘chadilar».
Nega «juma kuni bichma», deyilmoqda. Chunki juma ibodat kuni, toatlarni qabul bo‘ladigan kuni. Yana «Hajjul-masokin», miskinlarning haj qiladigan kunidir. Yana odina kuni - Olloh bilan yuzlashadigan kun. Aslida turkiylarning qadimgi urf-odatlarida ham seshanba-shanba da hech qanday xayrli ish bitmasligi haqida rivoyatlar kelgan. Bundan tashqari seshanba-shanba kunlari bo‘lgan farzand yovuzlikka moyil bo‘lib ulg‘ayishi ham bor.
Demak kitobda asrlar davomida ajdodlarimiz ulug‘lab kelgan urf-odatlar, ramzu-ishoralar orqali ham insonni kamolot sari yetaklash, ularda bevosita amal qilishga chorlash kishini sergaklantiradi.
To‘rtinchi tamsil – To‘rtinchi ibrat
«Ulug‘ saltanat»ning 3-kitobi 193-sahifasi odamning qalbini nurlantirib yuboradi. Unda axiylar sardori, mudarris Mahmud Nosiriddin asarning shijoatli qahramonlaridan biri Jabborqulga quvonchli bir gap aytadi: «Ertadan boshlab axiylik libosini egniga tashlaydurmiz, futuvvat belbog‘ini bog‘laydurmiz! Oting Jabborqul emas, endi Axiy Jabbor bo‘ladi, Axiy Jabbor!..»
Kitobda futuvvatning uch martabasi haqida so‘z ketar ekan, «avvali – saxovat, ya’ni hech narsani qizg‘onmaslik» ta’kidlanadi. Shu o‘rinda payg‘ambarimiz alayhissalomning muborak hadislarida: «Saxiylar – jannatidur», deyilgan. Umuman saxiylik odamiylik kamari, ikki dunyoning kamaridur. Agar bu oy inson qalbiga nur bermay, shum nafsiga botib ketsa, ikki dunyoning fojeasi o‘sha odamning boshida tegirmon kabi aylanadi.
Keyin: «safo – ya’ni ko‘ngilni takabburlik, kibru – havodan xoli tutish». Takabburlik qilgan iblisni eslang, axir u farishtalar mudarrisi edi. Ollohning farmoniga bo‘ysunmay, dargohidan quvildi. Takabburlikning asoratini qarangki, qasos o‘tida yonib, hazrati Odamni jannatdan quvilishiga sabab bo‘ldi. Namrud podishoh takabburlik orqali xudolik da’vosini qilib o‘z o‘qiga o‘zi nishon bo‘ldi. Demak, ta’bir joiz bo‘lsa, takabburlik qovurg‘asidan hasad ham tug‘ilganini ko‘ramiz. Hasaddan o‘zimizga panoh tilashimizni esa, Olloh o‘z kalomida buyurgandir. Xullas takabburlik, kibru havo dunyo va shaytonning insonlarga qo‘ygan tuzog‘idir. Bizning ona zaminimiz hokisorlik bilan e’zoz topgan. Olloh o‘z raxmatini yog‘dirib, undan anvoyi gullar, ne’matlar yetishtirib bizni rizqlantirgan.
Va nihoyat uchinchi martaba – «vafo shijoat ko‘rgizish, fidoyi qalb sohibi sifatida hamisha el xizmatiga tayyor, ezgulik yo‘ida o‘zdan kechishga shay turish». Vafo bobiga kelganda, xalqimiz orasida keng yoyilgan «It – vafo, xotin – jafo» degan maqolni esga olish o‘rinlidir. Bir ulug‘ ustoz o‘z shogirdiga o‘git berayotib: «Vafodorlikda it sifatida bo‘l. Chunki bergan noningga qanoat qiladi, uyingni beminnat qo‘riqlaydi, haydasang ham ketmaydi, sendan o‘zgaga suykalmaydi, jafo qilsang ko‘taradi» degan ekan.
Vafo yorlig‘ini qo‘lga kiritgan ikki dunyoda saodatmand bo‘ladi. Axir bevafo dunyoda o‘z egasiga vafodor bo‘lib qaytgan qaysi qul xor bo‘lgan? Futuvvatda ham, tariqatda ham qullik maqomi yuksak maqom hisoblanadi. Ko‘pchilik tariqatning ulug‘lari o‘zlarining ismlari boshiga qul so‘zini qo‘shib aytishni maqbul ko‘rganlar. Masalan, Qul xoja Ahmad Yassaviy, Qul Ubaydiy va hakazo. Parvardigorga qul bo‘lgan insonga albatta, u inson o‘zi sezmagan holda Xoliqi bezavol dunyoni qulga aylantirib qo‘yishi ham hech gap emas.
Xulosa shuki, turli davrlarda Amir Temur haqida yaratilgan asarlar orasida tarix haqiqatini buzib talqin qilganlari oz emas. O‘ylaymanki, «Ulug‘ saltanat» asaridan maxsus boblardan «Odobnoma» darsligi yaratib, dars soatlari ajratilsa, yosh avlodni ulug‘ bobokalonlarimiz shijoati, matonati, Vatanga sadoqati ruhida tarbiyalashda katta qadam qo‘yilgan bo‘lar edi.