Germaniya O‘zbekiston munosabatlari chuqurlashtiriladi
O‘zbekistonning Germaniya bilan munosabatlari tobora rivojlanib bormoqda. Bu fikr O‘zbekiston Senati Raisi Tanzila Norboyevaning Germaniya Bundestagidagi “Germaniya – Markaziy Osiyo” parlament guruhi raisining o‘rinbosari Manfred Grund boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvida qayd etildi.