Prezident sayloviga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan AQSHning bugungi holati, ertangi rejalari hamda dunyo iqtisodiyotiga ta’siri haqida jahon OAVlari doimiy tarzda ma’lumotlar berib borayotgani bejiz emas. Chunki ushbu mamlakat dunyoning iqtisodi eng rivojlangan davlati sifatida jahon ahlini e’tiborsiz qoldirmayapti. Ayniqsa, uchinchi jahon urushi haqidagi bashoratlar tinmayotgan bir paytda...
Wall Street Journalining yozishicha, keyingi paytlarda AQSH harbiy-sanoati majmuasi Pentagondan ham, Yevropa davlatlaridan ham yangi – yirik buyurtmalar ola boshladi. Shu sabab ham AQSH harbiy sanoatida ishlab chiqarish 17,5 foizga o‘sdi, bu 20 yillik o‘sishga teng, deganidir.
Yevropa tabiiy gazni Rossiyadan ko‘ra AQSHdan sotib ola boshlagach esa, AQSH suyultirilgan gaz (LNG) bo‘yicha dunyodagi eng yirik eksportchiga aylandi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning sentyabridan 2023-yilgacha Qo‘shma Shtatlar qurol sotishdan 80 milliard dollar miqdorida daromad olgan, shundan 50 milliardi Yevropa ittifoqchilaridan kelgan.