Xabar berganimizdek, Qatar poytaxti Doxada bo‘lib o‘tgan xalqaro texnologiyalar konferensiyasida O‘zbekistonlik IT soxasi mutaxassislari faol ishtirok etishdi.
“Web Summit Qatar 2024 “ texnologik tadbiri doirasida Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi vakillari Invest Qatar, Qatar Investment Authority, Qatar Development Bank, Hamad Bin Khalifa University, Qatar Research, Development and Innovation Council (QRDI) kabi nufuzli kompaniyalar rahbarlari va investorlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonning IT sohasidagi imkoniyatlar tanishtirilib, davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan maqsadli ko‘rsatichlarga erishish bo‘yicha hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, xorijiy hamkorlar bilan O‘zbekistonning IT-mutaxassislar salohiyati hamda biznes jarayonlarini autsorsing qilish yo‘nalishini rivojlantirish bo‘yicha yaratib berilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berildi va hamkorlikka taklif etildi.
Uchrashuvlar yakunida Qatarning yirik IT kompaniyalari va investorlari, mamlakatimizning IT salohiyati va imkoniyatlari bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekistonga taklif etildi.
Sammit doirasida “The Gulf Organisation for Research and Development” (GORD) raisi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda IT yo‘nalishidagi startap va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizga investitsiyalarni jalb qilish hamda yosh IT-mutaxassislarni xalqaro kompaniyalarga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida kelgusida GORD kompaniyasi bilan o‘zbek IT-mutaxassislarini ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik qilish, biznes jarayonlarini autsorsing qilish maqsadida kompaniyaning O‘zbekistonda vakolatxonasini ochish va unda mamlakatimiz IT-kadrlar salohiyatidan keng foydalanish imkoniyatlarini o‘rganish kabi kelishuvlarga erishildi.
manba