O‘quvchilarimiz IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston terma jamoasi 11-16-mart kunlari Adigeya Respublikasida (Rossiya Federatsiya) o‘tkazilgan IX Kavkaz xalqaro matematika olimpiadasida 1 ta oltin, 1 ta kumush va 2 bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmatiga ko‘ra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 10-sinf o‘quvchisi Ozod Axtamov oltin, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Elbek Zohidjonov kumush, Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani 96-umumta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchisi Madina Suyunova bronza, Toshkent shahar, S.Sirojiddinov nomidagi akademik litseyining 1-bosqich o‘quvchisi Asadbek Boboqulov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Manba