Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputatlari diqqatiga! Cho‘chimang, «chirigan» G‘arb qabul qilibdiku, janob deputatlar!


Tan olaylik: biz ko‘pincha noana’naviy qarorlar qabul qilishga ikkilanamiz, hatto qonunlar qabul qilishda ham dunyo davlatlari tajribasini obdon o‘rganamiz, ayniqsa, G‘arbda bu masalaga qanday yondashilganini mehr bilan tahlil qilamiz. Xabar qilinishicha, buyuk demokratik davlat sanalgan Angliya maktablarida telefonlarga to‘liq taqiq qo‘yilibdi.

«Times» nashrining yozishicha, yangi qoidalar, shuningdek, o‘qituvchilarga bolalar ryukzak va sumkalarini tekshirish huquqini beradi va bu musodara qilingan qurilmalarning yo‘qolishi yoki shikastlanishi uchun ota-onalarning da’volaridan qonuniy himoya qiladi.

Taqiqni buzgan va telefonni maktabga olib kelgan o‘quvchilar jazo sifatida darsdan keyin qoldiriladi va gadjet noma’lum muddatga musodara qilinadi.

Kechikkan bo‘lsa-da, milliy parlamentimiz bu tajribani o‘zimizga ham tatbiq etish uchun kerakli qonunni qabul qilishi kerak. Eng muhimi, hech kim bizni urushmaydi: axir Angliyadan o‘rganyapmizku!