Mo‘tabar, munis, aziz ayollar

Davlat boshqaruvi akademiyasida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirish marosimi o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Mukarram Nurmatova xotin-qizlarni faol qo‘llab-quvvatlash, ularni kuchli ijtimoiy himoyalash, muammolarini hal etish masalasi davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan izchillik bilan amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlarida ustuvor o‘rin egallashini ta’kidladilar.    

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan 2018-yilda ta’sis etilgan “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik,   tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilalarning mustahkamlanishiga, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik,  istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash,  ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etishda ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga berib kelinmoqda.

Shu kunga qadar mazkur ko‘krak nishoni bilan 1451 nafar xotin-qizlar taqdirlangan edi.  

Joriy yilda ham mazkur ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun Respublika komissiyasiga 900 ga yaqin hujjatlar kelib tushdi. Komissiya a’zolari tomonidan mazkur ko‘krak nishoni bilan turli sohalarda yetakchi, matonatli, fidoyi va e’tirof nomiga munosib mo‘tabar ayollardan 305 nafari taqdirlandi.  

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarga eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti topshiriladi.                                                                                                                                        

Ma’lumki, davlatimiz rahbarining farmoniga muvofiq 2019-yildan buyon «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni faol va tashabbuskor, o‘z ishida mohir va professional, oilada ibratli, munosib farzandlarni tarbiyalagan, atrofi, mahalla, qishloq yoki ovulida hurmat-u ehtiromga sazovor bo‘lgan, bir so‘z bilan aytganda yosh avlodga O‘zbekiston ayoli, O‘zbek onasining siymosini ko‘rsatib bera olgan opa-singillarimizga berib kelinmoqda.  

O‘tgan 5-yil davomida «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni sohibalarining soni 1451 nafarga yetgan bo‘lsa, joriy 2024-yilda Respublikamiz bo‘yicha 305 nafar ayollarimiz ushbu ko‘krak nishoni sohibalarining safiga qo‘shilmoqdalar.  

Aytish kerakki, respublikamizning 14 ta hududida ham bu yil ushbu nishon bilan taqdirlangan barcha opa-singillarimizga 8-mart bayrami arafasida ko‘krak nishonlari ana shunday tarzda tantanali topshiriladi.  

Tantanali tadbirda turli sohalarda uzoq yillardan buyon  samarali mehnat qilayotgan opa-singillarimizga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni topshirildi.    

Manba