Yaqin-yaqingacha ham Kasaba uyushmalarining oddiy fuqarolarga ko‘rsatayotgan yordami va bu haqdagi ma’lumotlarni topish anchayin mushkul edi. Chunki raqamlar, ko‘rsatkichlar faqat yuqori idoralarga “spravka” tayyorlangandagina aniqlanar, matbuotga esa bu haqda deyarli axborot berilmasdi. Shuning uchun ham bunday ma’lumotlarning faqat qog‘ozlardagina mavjud ekanini ko‘pchilik bilmasdi, bilsa-da, sukut saqlashdan nariga o‘tolmasdi.
Ming shukurki, Yangi O‘zbekiston islohotlari tufayli Kasaba uyushmalari federatsiyasining faoliyati ham, maqsad va vazifalari ham tubdan o‘zgardi. Ayni paytda ushbu tizimga murojaat qilib, real yordam olgan fuqarolar bilan gaplashsangiz, bugun bu yerda odamlarni rozi qilish siyosatiga to‘la amal qilinayotganiga ishonch hosil qilasiz.
Bunga 2023 yili Kasaba uyushmalariga kelib tushgan 4834 ta murojaat o‘rganilib, murojaatchilarga real yordam ko‘rsatilgani ham misol bo‘lishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ana shu murojaatlarning 2 ming 12 tasi yozma, 656 tasi og‘zaki, 1 ming 590 tasi elektron shaklda, 576 tasi esa «Ishonch telefonlari» orqali kelgan bo‘lib, ularning har biri chuqur o‘rganilgan va ijobiy yechim topilgan. Shuningdek, 233 ta jamoaviy murojaatlar ham ko‘rib chiqilib, mehnatkashlarga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
O‘zA muxbiri N.Usmonovaning yozishicha, murojaatlarning 2 ming 89 tasida huquqiy himoya, 1 ming 63 tasida ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlar himoyasi, 104 tasida mehnat muhofazasi, 275 tasida kasaba uyushmasi tashkilotining tashkiliy-huquqiy faoliyati, 489 tasida sanatoriy va sog‘lomlashtirish masalalari, 503 tasida moddiy yordam ajratish, 22 tasida esa ijtimoiy-mehnat munosabatlariga oid boshqa masalalar ko‘tarilgan.
Xodimlar huquqini tiklashni so‘rab ish beruvchilarga kiritilgan 121 ta taqdimnomaning 91 tasi ham qanoatlantirilgan.
Sudlarga kiritilgan 56 ta da’vo va buyruq tartibidagi arizalardan esa 45 tasining talabi qanoatlantirilgan. 7 ta holatda ish beruvchilar ixtiyori bilan xodimning huquqlari tiklangani sababli da’vodan voz kechilib, taraflar o‘rtasida kelishuv bitimlari tuzilgan.
Jami murojaatlarni ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra 2023 yili Kasaba uyushmalari tomonidan 3 ming 410 nafar shaxsning huquqi tiklanib, mehnatkashlar foydasiga 26 mlrd. 30 mln. so‘mdan ortiq zarar undirib berilgan.
2024 yilning dastlabki besh oyi yakunlari tahliliga ko‘ra, kasaba uyushmalariga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 2 ming 115 ta murojaat, shu jumladan 88 ta jamoaviy murojaat bo‘yicha atroflicha o‘rganishlar olib borilgan.
Natijada 607 nafar shaxsning huquqi tiklanib, xodimlar foydasiga 3 mlrd. 683 mln. so‘mdan ortiq zarar undirib berilgan.
Mehnatkashlar huquqlarini tiklashni so‘rab kasaba uyushmalari tomonidan ish beruvchilarga 30 ta taqdimnoma kiritilishi va muzokaralar olib borilishi natijasida qonun buzilishi holatlari bartaraf etilgan.
Shuningdek, xodimlar huquqini himoya qilish maqsadida kasaba uyushma tashkilotlari tomonidan sudlarga da’vo va buyruq tartibidagi arizalar kiritilib, mehnatkashlarning qonuniy huquq va manfaatlari himoyalangan.
Pirovardida, 2023 yil va 2024 yilning o‘tgan 5 oyida taniqli siyosatshunos, Oliy Majlis Senati a’zosi Qudratilla Rafiqov yetakchilik qilayotgan Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan 4 ming 17 nafar mehnatkashning huquqi tiklanib, xodimlar foydasiga 29 milliard 713 million so‘mdan ortiq zarar undirib berildi.
Shu jumladan, g‘ayriqonuniy ravishda ishdan bo‘shatilgan xodimlar avvalgi lavozimlariga tiklanib, ularga 789 million 119 ming so‘m haq undirib berilganini aytish joiz. Xodimlarning ish haqi va hisob-kitob pullarini olishga yordam ko‘rsatilishi natijasida esa 2682 nafar xodimning huquqi tiklandi va 26 milliard 367 million 998 ming so‘m undirib berildi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Yangi O‘zbekistonda Kasaba uyushmalari federatsiyasi oddiy xalq tomonga o‘tdi, mavsumiy tadbirlar, hisobotlar uchungina “spravka”lar tayyorlash davri o‘tgani tizimdagilar ongiga singdirildi. Natijada, ushbu soha va soha xodimlariga bo‘lgan ishonch faqat Toshkentda emas, eng chekka hududlarda ham barqarorlashdi. Bu esa endi oddiy mehnatkash fuqaro manfaati Kasaba uyushmalari tomonidan har qanday sharoitda ham qonuniy himoya qilinadi deganidir.
(“Farg‘ona: odamlarni rozi qilish bosh vazifamiz” maqolasi bilan kelgusi sonda tanishishingiz mumkin!)