998 nafar mahkuma 

998 nafar mahkuma 

Ular o‘z oilasiga qaytishlari uchun muhim qadam qo‘yildi

Toshkent shahriga yaqin bo‘lgan Zangiotadagi 21-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalarning tuzalish yo‘liga o‘tgan yoki o‘tmaganini aniqlash mezonlari bo‘yicha komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shu haqda axborot bergan O‘zA muxbiri N.Abduraimovaning yozishicha, yig‘ilishda koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 1 ming 159 nafar mahkumaning bugungi hayoti komissiya a’zolari tomonidan obdon o‘rganilib, 998 nafariga tuzalish yo‘liga o‘tgan, degan xulosa berilibdi.

Bunda ularning mehnatga vijdonan munosabatda bo‘lishi, belgilangan mehnat normalarining bajarilishi, o‘qish va kasb-hunar o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlari, jazoni ijro etish muassasalarida tashkil etiladigan madaniy-ma’rifiy tadbirlardagi ishtiroklariga alohida e’tibor qaratilgan.

Eng asosiysi, mahkumalarning ichki tartib-qoidalariga rioya etishlari kabi birlamchi mezonlar qayta-qayta ko‘rib chiqilgan.  
Bu esa afv yoki amnistiya hujjatlari qabul qilinganida aynan shu ayollarga ustuvorlik beriladi, deganidir.