O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” vazirlar muloqotining ikkinchi yig‘ilishi doirasida mamlakatimizda bo‘lib turgan Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Suhayl al-Mazruiy davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayh Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Ab-u-Dabi amirligi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshgan.
“Yashil” energetika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Transafg‘on temir yo‘lining texnik loyihasini tayyorlash va qurilishini boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.