O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-aprel kuni “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” strategik muloqoti tashqi ishlar vazirlarining ikkinchi uchrashuvi doirasida mamlakatimizga kelgan Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Qatar Davlati Bosh vaziri, tashqi ishlar vaziri shayx Muhammad bin Abdurahmon Ol Soniy boshchiligidagi delegatsiya, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud, O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy boshchiligidagi delegatsiya, Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo boshchiligidagi delegatsiya, Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy boshchiligidagi delegatsiya, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy boshchiligidagi delegatsiya, Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviyni qabul qildi.
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov suhbat avvalida davlatimiz rahbariga Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tovar ayirboshlash o‘sayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. “Shovot – Toshovuz” savdo zonasi tashkil etilmoqda. Sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport va logistika, qishloq xo‘jaligi sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlik davom etmoqda.
Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaymoqda. Joriy yilda O‘zbekistonda shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300-yilligi munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkaziladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuvlarga tayyorgarlik doirasida ko‘p qirrali sheriklikning yangi kun tartibini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Qatar Bosh vaziri Muhammad Ol Soniy O‘zbekiston yetakchisiga Qatar Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniyning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ikki tomonlama hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiyot, investitsiya va transport-kommunikatsiya sohalarida yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari siyosiy muloqot jadal tus olgani, o‘zaro savdo va investitsiyalar hajmi faol oshayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Madaniy-gumanitar tadbirlar o‘tkazilmoqda. Oktyabr oyida O‘zbekistonda Qatar madaniyati haftaligi bo‘lib o‘tadi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini ilgari surish, ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini tezroq yaratish muhimligi qayd etildi.
Transafg‘on temir yo‘lini qurish loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Mintaqaviy kun tartibidagi masalalar, shu jumladan, Yaqin Sharqdagi vaziyatning jiddiy keskinlashayotgani yuzasidan ham fikr almashildi.
Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud O‘zbekiston yetakchisiga Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud va Valiahd, Bosh vazir Muhammad bin Salmon Ol Saudning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni va keng ko‘lamli sheriklikni oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqtayi nazaridan yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Bugungi kunda turli darajalarda faol muloqotlar va delegatsiyalarning o‘zaro tashriflari davom etmoqda. O‘zaro savdo hajmi, qo‘shma korxonalar va aviaqatnovlar soni oshib bormoqda.
“Yashil” energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, IT va boshqa ustuvor sohalarda kooperatsiya loyihalari boshlangan.
Bo‘lajak tadbirlar, shu jumladan, 2025-yilda o‘tkaziladigan “Markaziy Osiyo – Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” muloqotining ikkinchi sammitiga puxta tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, mintaqaviy kun tartibidagi boshqa masalalar, xususan, Afg‘onistondagi vaziyat va Falastin muammosini tinch yo‘l bilan hal etish yuzasidan fikr almashildi.
O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vaziri Badr bin Hamad al-Busaydiy davlatimiz rahbariga O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Saidning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sohalardagi salohiyatni samarali ro‘yobga chiqarish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan qo‘shma investitsiya kompaniyasining loyihalar portfelini kengaytirish muhim ekani qayd etildi.
Bank sohasini rivojlantirish, raqamli texnologiyalar, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, ta’lim kabi ustuvor yo‘nalishlarda yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish taklif qilindi.
O‘zaro muloqotlarni va hamkorlikning institutsional mexanizmlarini faollashtirish – siyosiy maslahatlashuvlar, Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, biznes forumlari va ko‘rgazmalarni muntazam o‘tkazib borish zarurligi ta’kidlandi.
Mintaqaviy, shu jumladan, 2011 yilgi Ashxobod kelishuvlari doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
Kuvayt Davlati tashqi ishlar vaziri Abdulla al-Yahyo O‘zbekiston yetakchisiga Kuvayt Amiri shayx Mish’al as-Sabohning samimiy salomi va tilaklarini yetkazdi.
Ikki mamlakat o‘rtasidagi konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo-iqtisodiy, moliya-investitsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zaro tashriflarni faollashtirish, madaniy va turizm almashinuvlariga oid dasturlarni amalga oshirish, yetakchi kompaniyalar ishtirokida, shu jumladan, Kuvayt arab iqtisodiy taraqqiyot fondi bilan yaqin hamkorlik doirasida hamda Kuvayt investitsiya agentligi bilan samarali sheriklikni yo‘lga qo‘yish orqali ustuvor tarmoqlardagi investitsiya loyihalarini ilgari surish zarurligi qayd etildi.
Yaqin fursatda ikki tomonlama siyosiy maslahatlashuvlar, qo‘shma Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish muhim ekani ta’kidlandi.
Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Bahrayn Podshohligi tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayaniy davlatimiz rahbariga Podshoh Hamad bin Iso Al-Xalifaning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan Bahrayn o‘rtasidagi ko‘p qirrali sheriklikni yanada rivojlantirish va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Siyosiy muloqotni faollashtirish hamda siyosiy maslahatlashuvlar mexanizmini tez fursatda ishga tushirish muhimligi qayd etildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik, bank-moliya, avtomobil va temir yo‘llari qurilishi, energetika infratuzilmasini modernizatsiya qilish va boshqa ustuvor yo‘nalishlardagi dastur va loyihalarni ilgari surish uchun katta salohiyat va keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi.
Shu maqsadda joriy yilda qo‘shma Hukumatlararo qo‘mitaning ilk yig‘ilishini o‘tkazish hamda O‘zbekiston va Bahrayn yetakchi kompaniyalari vakillari ishtirokida Ishbilarmonlar kengashini ta’sis etish rejalashtirilgan.
Xalqaro kun tartibi, shu jumladan, xavfsizlikka zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashish masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.
O‘zbekiston yetakchisi Bahrayn tashqi ishlar vazirini qutlug‘ yoshi bilan muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazruiy uchrashuv avvalida davlatimiz rahbariga BAA Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon, vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktum, vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon va Ab-u-Dabi amirligi Valiahdi Shayx Holid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
Ustuvor yo‘nalishlardagi amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Amirliklar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi yuksak darajasi katta mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda. O‘zbekistonda Amirliklar sarmoyasi ishtirokida 300 dan ziyod korxona faoliyat yuritmoqda. Qo‘shma loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshgan.
“Yashil” energetika, metallurgiya, qishloq xo‘jaligi, transport va kommunikatsiya kabi tarmoqlarda istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Transafg‘on temir yo‘lining texnik loyihasini tayyorlash va qurilishini boshlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Ozarbayjon Respublikasi tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov uchrashuv avvalida davlatimiz rahbariga Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston – Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish hamda hamkorlikning 10 ta yangi yo‘nalishi bo‘yicha istiqbolli loyihalar portfelini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Muntazam va samarali muloqotlar tufayli ikki tomonlama munosabatlar sifat jihatidan yangi darajaga chiqqani, amaliy mazmun bilan boyigani mamnuniyat ila qayd etildi.
O‘tgan yilda tovar ayirboshlash 27 foizga oshdi. Avtomobilsozlik, elektrotexnika, energetika, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Qo‘shma investitsiya fondi o‘z faoliyatini boshladi.
Bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.
Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi bosh kotibi Jasim bin Muhammad al-Budayviy bilan uchrashuvda O‘zbekiston va Kengash o‘rtasidagi konstruktiv muloqotni yanada rivojlantirish, hamkorlikni mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari mintaqalar o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning bugungi sur’atidan mamnunligini bildirdi hamda Toshkent shahrida o‘tgan tashqi ishlar vazirlari ikkinchi uchrashuvining samarali yakunlarini yuqori baholadi.
O‘tgan yili Jidda shahrida o‘tgan Markaziy Osiyo mamlakatlari va Ko‘rfaz arab davlatlari birinchi sammitida erishilgan kelishuvlar ijrosining borishi muhokama qilindi.
O‘zbekiston tomonidan investitsiya, savdo, yuqori texnologiyalar, turizm va boshqa yo‘nalishlarda ilgari surilgan tashabbus va takliflarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
2025-yilda Samarqand shahrida o‘tadigan ikkinchi sammit kun tartibini tayyorlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.