Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Odiljon Tojiyevning xabar qilishicha, Parlament quyi palatasida Soliq kodeksining 227-1-moddasiga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilishini nazarda tutadigan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Gap shundaki, tadbirkorlar u yoki bu sabab bilan mahsulotni markirovkalamagan yoki do‘koniga avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini o‘rnata olmagan taqdirda oxirgi hisobot choragida ega bo‘lgan sof tushumni jarima shaklida to‘lashga majbur bo‘layotgan edi.
Yangi qonun loyihasi bilan endilikda fiskal tartib-qoidalarga oid huquqbuzarliklar uchun qo‘llaniladigan moliyaviy jarima miqdori qariyb 98 foizga qisqartirilmoqda.
Ya’ni, yuqoridagi huquqbuzarlikni sodir etgan tadbirkor endi uch oylik sof tushumni emas, shu tushumning 2 foizi miqdorida jarima to‘laydi, xolos.
Qonun Quyi palatada qabul qilinib, Senatga yuborildi.