Janob hokimlar, endi Kengashlarga raislik qilmaysiz!

Janob hokimlar, endi Kengashlarga raislik qilmaysiz!

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mahalliy davlat hokimiyatining konstitutsiyaviy asoslari takomillashtirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ham ko‘rib chiqildi.

Unda uzoq vaqtdan beri ko‘pchilikni o‘ylantirayotgan masala, ya’ni hokimlarning mahalliy Kengash deputatlari orasidan tayinlanishi va tasdiqlanishi haqidagi talab bekor qilinyapti.

Fraksiya a’zolarining fikricha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi qonunchilikni yangi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish, joylarda hokimiyatlar bo‘linishi prinsipini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish va hududiy boshqaruvni “aholi manfaatlariga xizmat qilish” tamoyili asosida yo‘lga qo‘yish imkonini beradi.