Guliston tumanidagi 50-Zarbdor saylov okrugidan saylangan deputat sifatida aytishim mumkinki, bu galgi saylovlar, ayniqsa, mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlar nomzodlar uchun anchayin og‘ir kechadi. Chunki, keyingi yillardagi o‘zgarishlar aholi dunyoqarashini kengaytirdi, o‘z haq-huquqini tanitdi. Bunga saylovchilarim bilan doimiy uchrashuv va muloqotlarda guvoh bo‘lyapman. Garchi joriy yilning o‘tgan davrida tashkil etilgan uchrashuvlarda ko‘tarilgan bir qator muammoli masalalarning aksariyati ijobiy hal qilingan bo‘lsa-da, aholi o‘z deputati oldiga yangidan-yangi vazifalar qo‘ymoqda.
Joylarda «Ayollar» va “Yoshlar” daftari paydo bo‘lishidan keyin esa xotin-qizlar va yoshlarning salomatligi masalasi ko‘tarila boshlandi. Shundan kelib chiqib, Mevazor”, “Zarbdor”, “Ishonch”, “Baxmal”, H. Olimjon, “Tajribakor”, “Oqoltin” mahallalarida "Sayyor qabul" loyihasi doirasida tizimli uchrashuvlar yo‘lga qo‘yildi. Natijada hududdagi 30 nafardan ziyod bemorlar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga malakali tibbiyot xodimlari tomonidan ularga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Shuningdek, “Zarbdor” mahallasi aholisining Shijoat va Qaldirg‘och, Nurli yo‘l, Alpomish, Ko‘rpasoy, Murabbiy, Nurafshon ko‘chalarini ta’mirlashga ham yordam berdik. Bu masalada Xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qarori qabul qilinib, yuqorida nomlari keltirilgan ko‘chalarda ta’mirlash ishlarini olib borish uchun jami 290 million so‘m mablag‘ ajratildi.
“Mevazor” mahallasiga esa 3 dona suv taqsimlovchi gidrotexnik uskunalar o‘rnatib berildi. Ushbu masalani ijobiy hal etish ishlari uchun homiylar tomonidan 200 million so‘m mablag‘ ajratildi. “Tajribakor” mahallasiga suv keltirish uchun ham eski ariq tozalanib, beton zovurlar o‘rnatish uchun 3 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
“Ishonch” mahallasining Tarannum ko‘chasidagi sizot suvlarini haydovchi tik quduq boshqa joyga ko‘chirildi. Bundan tashqari, ushbu mahalla hududidagi 25-sonli umumta’lim maktabining isitish tizimida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun davlatdan 300 million so‘m mablag‘ ajratildi.
“Zarbdor” mahallasida joylashgan 28-sonli umumta’lim maktabi uchun esa zamonaviy o‘quv binosini qurish ishlari 75 foizga bajarilib, yangi binoni joriy yilning 15 sentyabriga qadar foydalanishga topshirishni rejalashtirganmiz.
Aytmoqchimanki, bugungi saylovchi o‘zi saylagan, kitobiyroq tilda aytganda ovoz bergan deputatini tinch qo‘yayotgani yo‘q. Bu o‘z o‘rnida deputatlik mas’uliyatini ham oshirmoqda.