3-mart – Vengriya bilan diplomatiya munosabati o‘rnatilgan kun

Vengriya Respublikasi Yevropa markazida, Dunay daryosi o‘rta oqimida joylashgan, poytaxti Budapesht. Ma’muriy jihatdan 19 viloyat (mede)ga bo‘linadi. Budapesht alohida ma’muriy birlik.

Ushbu demokratik davlatning 1949-yil 20-avgustda qabul qilingan amaldagi konstitutsiyasiga bir necha bor o‘zgarish va qo‘shimcha kiritilgan. Davlat boshlig‘i – Prezident mamlakat Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni ham hisoblanadi, hukumat boshlig‘ini tayinlaydi, qamal yoki favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega. Uning vakolat muddati 5-yil. Qonun chiqaruvchi organ – parlament – Davlat majlisi. Ushbu tuzilmani aholi yalpi teng va yashirin ovoz berish yo‘li bilan 4-yil muddatga saylaydi. Ijro hokimiyati – Vazirlar Kengashiga Bosh vazir boshchilik qiladi.

Vengriyada 8-yillik majburiy boshlang‘ich ta’lim joriy etilgan. Davlatga, cherkovga qarashli, xususiy o‘rta o‘quv yurtlari bor. Budapesht universiteti Vengriyadagi eng yirik oliy o‘quv yurtidir. 1367-yil tashkil etilgan Pech shahridagi universitet mamlakatdagi eng qadimiy o‘quv yurtlaridan.

Vengriya Milliy muzeyi 1802-yil tashkil etilgan, milliondan ziyod eksponati bor.

Vengriya OAV – eng yirik gazatalar “Xalq so‘zi” (Nepszava) kundalik gazeta 1873-yildan, “Vengr millati” (Magyar nemzet) kundalik siyosiy gazeta 1938-yildan chop etib kelinadi. Shuningdek, “Kundalik yangiliklar”  (Daily News),  “Xalq erki” (Nepsabadshag), “Ozodlik” (Szabadság) kabi qator ingliz va nemis tillaridagi davriy matbuot organlari bor. Bir necha elektron nashr mavjud.

Mamlakat radiosi 1924-yil, televideniyesi 1957-yildan faoliyat ko‘rsatadi.

2015-yil 1-iyulda televideniye, radio va Duna TV “Duna Media” agentligiga birlashtirilgan.

YUNESKO hisobotiga ko‘ra, “Duna Media” Vengriyadagi eng ishonchli va muvozanatli axborot resurslaridan biri sifatida tavsiflanadi, Mamlakatdagi gazetalarning aksariyati xorijiy fuqarolarga tegishliligi sabab, agentlik obunachi topishga qiynalmoqda.

Agentlik, nodavlat ommaviy axborot vositalari, jumladan ingliz tilidagi “Budapest Business Journal” va “The Budapest Sun” nashrlari, turli teleradiokompaniyalar veb-sayti, Reuters va “Agence France-Presse” ko‘magida yaratilgan Vengriya axborot agentliklari raqobatiga dosh berishda ham murakkab vaziyatga duch kelyapti.

1881-yil 1-martda tashkil etilgan Vengriya axborot agentligi Milliy Assambleya tomonidan asos solingan Telegraf agentligi kompaniyasiga tegishli bo‘lib, ushbu jamoaning maslahat organi a’zolari MA tomonidan to‘rt yilga saylanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Vengriya 1992-yil 3-mart kuni diplomatiya munosabatini o‘rnatgan.

Manba