Hasharda partiya faol qatnashmoqda

Sharqona yangi yil, o‘zaro qadr-qimmat, xayru saxovat, mehr-oqibat timsoli – Navro‘zi olam munosabati bilan yurtimizda 16-18 mart kunlari o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakillari, deputatlar ham faol ishtirok etdilar.

Jumladan, “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tgan hasharda partiyaning Markaziy va Toshkent shahar kengashlari vakillari avvalo o‘z ish joylarini tartibga keltirdilar, bino yon-atrofini xazonlardan tozalab, daraxtlarni oqlashdi.
Partiyaning Buxoro viloyati Kengashi va mahalliy kengash deputatlari ham ta’lim va tibbiyot muassasalarida o‘tkazilgan hasharlarda, xalq deputatlari Oqoltin va Yangiyer tuman Kengashlari deputatlari esa  mahallalarda o‘tkazilgan obodonlashtirish ishlarida faol qatnashishdi.

Qashqadaryo viloyati Kengashi vakillari esa Gʻuzor tumanida bo‘lib, mahalliy kengash deputatlari hamrohligida 70-umumta’lim maktabi hovlisiga 200 ga yaqin mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini o‘tqazishdi. 
Xalq deputatlari Namangani viloyat Kengashi deputati Odiljon Mamatkarimov Uychi tumanda yolg‘iz keksalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, mehnat faxriylari xolidan xabar olgan bo‘lsa, Gʻozg‘on shahar kengashi deputati Dilorom Egamova “Marmarobod” mahallasidagi ehtiyojmand oilalar xonadonida iftorlik dasturxoni yozdi.

Joylarda Navro‘z munosabati bilan o‘tkazilayotgan umumxalq hasharlari davom etmoqda.