Ular go‘zallik yaratuvchilaridir!

Inson hayoti va jamiyat rivojida muqaddas Ona zoti, munis ayollarimizning o‘rnini oddiy so‘zlar bilan ifoda etish qiyin vazifa.
Mana shunday qutlug‘ ayyom kunlarida siz, azizlar sha’niga madhiyalar aytish uchun odam shoir bo‘lib tug‘ilmaganiga afsuslanib qoladi.

Bu yorug‘ dunyoni quyoshsiz, yeru osmonsiz tasavvur etib bo‘lmaganidek, hayotimizni ham moʻtabar onalarimiz, mehribon ayollarsiz tasavvur etolmaymiz.

Ayollar go‘zallik yaratish qobiliyati bilan ham doim biz – erkaklarni ilhomlantirib keladilar. Ularning so‘zlari va chiroyi tungi osmondagi yorqin yulduzlardek porlab, yo‘limizni yoritadi.

Mamlakatimiz ayollariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayzu baraka tilayman.
Bayramingiz muborak, aziz ayollar!

Sherzodxon Qudratxo‘ja
O‘zJOKU rektori,
siyosatshunos olim, jurnalist