Gazetamizning 15 maydagi 18-sonida «Janob sudya, kimning buyurtmasini bajarayapsiz?» sarlavhali maqolani e’lon qilgandik.
Jizzax viloyat sudining bosh konsultanti Muhiddin Nurmatov ayni maqolaga o‘z munosabatini bildirib, tahririyatga quyidagilarni ma’lum qildi:
«Maqolada qalamga olingan B. K.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ish yurituviga 2023 yil 7 mart kuni kelib tushgan bo‘lib, ishni ko‘rish 2023 yil 23 mart kuniga tayinlangan.
Jinoyat ishi 2023 yil 13 mart kuni sudlanuvchi B. K. yashiringanligi tufayli unga nisbatan qidiruv e’lon qilinib, Jinoyat-prosessual kodeksining 420-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi to‘xtatilgan.
Aniqroq aytganda, ushbu ish yurituvdan to‘xtatilganligi bois yakuniy qaror qabul qilinmagan. Demak, ishning yakunini oldindan taxmin qilish, turli shubha-gumonlarga berilishga mutlaqo asos yo‘q. Ayniqsa, go‘yoki «sudya kimningdir buyurtmasini bajarayotgani»ga ishora qilingani qonunga butunlay xilof. Qolaversa, B. Q.ning aybsiz ekanini zo‘r berib isbotlashga uringan jurnalist negadir uning suddan yashiringani to‘g‘risida lom-mim demagan. Basharti, yashirinib yurish o‘rniga uning sudda ishtirok etishi maqsadga muvofiqdir.»
***
Tahririyatga yo‘llangan ushbu munosabat juda qisqa yozilgani, hujjatlarga tayanilsa, keltirilgan sanalarda xatoliklar bo‘lgani boisidan ham ayrim mulohazalarni tug‘dirdi. Shu boisdan ham munosabat bildirishni lozim topdik.
«Janob sudya, kimning buyurtmasini bajarayapsiz?» sarlavhali maqolada Sharof Rashidov tumanida istiqomat qiluvchi Nodira Qodirovani qiynayotgan masalalar bayon etilgandi.
Ochig‘ini aytganda, aksariyat mutasaddilar bosma nashrlarda berilayotgan tanqidlarga panja ortidan qarayotgan bir paytda Jizzax viloyat sudining gazetamizda berilgan tanqidga bu qadar tezkorlik bilan munosabat bildirishi e’tirofga loyiq. Ammo jurnalist noxolislikda ayblangan munosabatda negadir faqatgina sudlanuvchi B. Kning yashiringani uchun unga qidiruv e’lon qilingani bayon etilgan xolos. Vaholanki, maqolada muallif jizzaxlik tadbirkor Nodira Qodirovani sarson qilayotgan mojaro xususida biror ochiqlama keltirilmagan. Shu boisdan ham maqoladagi nega? nima uchun? Bundan kim manfaatdor? deb qo‘yilgan savollar hamon ochiqligicha qolayotir...
Shu o‘rinda haqli bir savol tug‘iladi: «Hamkor Agro Lux» MCHJ rahbari U.Gʻofurov qarzdorlik masalasida viloyat IIBga murojaat qilganida uning rahbariyati bu masala iqtisodiy sudga taalluqli ekanligi unga tushuntirilgan edi. Qolaversa, bu yerda hech qanday jinoyat alomati yo‘qligini unga rasman uqtirishgandi ham. Ammo kutilmaganda shahar IIB tergovchisi Nodir Asqarov «Oltin kuz Akmal» MCHJ ish boshqaruvchisi B.Qodirovni jinoyatda ayblab ish ochadi. Shundan keyin ariza muallifi N.Qodirova jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan Jizzax shahar sudi sudyasi Gʻ.Yalgashevdan quyidagi masalalarga oydinlik kiritilishini qat’iy talab qiladi:
«Hamkor Agro Lux» MCHJning rasmiy dillerligini da’vo qilayotgan O.Yunusov shaxsiga aniqlik kiritilishini, agar u diller bo‘lsa, nega dillerlik shartnomasini shu vaqtgacha sudga taqdim etmayotganligini, umuman shundan so‘ng ham sudya bu holatni nega e’tiborga olmayotganligini, da’vogar O.Yunusov «Hamkor Agro Lux»ning qaysi ishonchnomasiga asosan debitor qarzdorlikni o‘ziga undirish uchun shahar IIBga ariza berganligini, umuman O.Yunusov MCHJga qachon ishga qabul qilinganligiyu, agar qabul qilingan bo‘lsa, rahbarning buyrug‘idan ko‘chirma nusxasini shu vaqtgacha nega B.Qodirovning ishi bo‘yicha sud hujjatlariga tirkalmayotganligining sabablari ko‘rsatilishini so‘ramoqda.
Jizzax viloyati sudining «Milliy tiklanish» gazetasida e’lon qilingan maqola yuzasidan bildirgan munosabatida esa B.Qodirovga oid jinoyat ishi JIB Jizzax shahar sudiga 2023 yilning 7-mart kuni kelib tushgan bo‘lib, ishni ko‘rish 2023 yil 23-mart kuniga tayinlangani ta’kidlanadi hamda sudlanuvchi B.Qodirov suddan yashiringanligi bois unga nisbatan qidiruv JPKning tegishli moddalariga muvofiq 2023 yilning 13-mart kuni e’lon qilingani aytiladi.
Gʻalati holat, 13-mart kuni qidiruv e'lon qilinyaptida, 23-mart kuni ishni ko‘rib chiqish tayinlanyapti!
Biroq… «Sudlanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilish haqida»gi ajrimda aniq-tiniq bayon etilishicha, ishni ko‘rib chiqish 2023 yilning 23-martiga emas 23-may sanasiga belgilangan. Unga nisbatan qidiruv 2023 yilning 13-mart kuni emas yana yuqoridagi sana – 2023 yilning 23-may kuni e’lon qilingan. Bu fikrlarni harqalay JIB Jizzax shahar sudi sudyasi Gʻ.Yalgashevning xuddi shu sanada shaxsan o‘zi imzolagan ajrimi ham tasdiqlab turibdi.
Xo‘sh, ushbu poyintar-soyintar sanalardan qanday xulosa chiqarish mumkin? Yana bir gap, maqola yuzasidan bildirilgan munosabatda «Baxtiyor Qodirovning aybsiz ekanini zo‘r berib isbotlashga uringan jurnalist» iborasi uchraydi.
Har bir kasbning o‘ziga yarasha talablari-yu tamoyillari, qonuniyatlari bo‘lganidek, jurnalistikada ham mavjud holatni boricha, ro‘y-rost bayon etish talabi bor. Mavjud holatga, ro‘y bergan va berayotgan voqelikka nisbatan o‘z fikrimizni, shaxsiy qarashlarimizni aytish, unga nisbatan munosabat bildirish kasbimiz taqozosidir.