Fransuz yoki nemis emas, o‘zimizniki o‘zimizga g‘irrom qilyapti

Fransuz yoki nemis emas, o‘zimizniki o‘zimizga g‘irrom qilyapti

Ro‘zai-ramazon kunlarida – ezguliklar sababi va ijobati uchun duolar qilinayotgan bir paytda ayrim vatandoshlarimiz o‘z vatandoshlarini zaharlab qo‘yishdan ham tiyilmayotganlari uyatli holat, albatta.

Bojxona xodimlarining xabar qilishlaricha, Toshkent viloyatida 10 mlrd so‘mlik qalbaki kosmetika ishlab chiqargan syex fosh etilibdi. Qayd etilishicha, bu yerda 20 dan ziyod mashhur brendlar nomi bilan 280 ming donadan ortiq sifatsiz  kosmetika va parfyumeriya vositalari ishlab chiqarilgan.

Endi bir tasavvur qiling, ushbu qalbaki kosmetikaning qanchasi allaqachon sotib bo‘lingan...
Bu esa hali qonunchiligimizda o‘nlab tirqishlar borligini ko‘rsatyapti.