O‘zbek qizlari va ayollarini farishtaga o‘xshataman. Ishoning, dunyoda ularning tengi yo‘q. Bugun ular nafaqat uy bekasi, kelin yoki ona, balki taniqli olima, deputat, tadbirkor, uchuvchi, jurnalist, vrach va boshqa muhim sohalarda o‘zlarining kuchli mutaxassis ekanliklarini namoyon etmoqdalar.
Tan olishimiz kerak, ular borki, mamlakat taraqqiy etadi. Ular borki, oilamiz tinch, turmushimiz go‘zal va osoyishta. Shu sababdan ham qizlarimiz va ayollarimizga faqat bayramda emas, balki har kuni, bir umr ehtirom, e’tibor hamda mehr ko‘rsatishimiz, e’zozlashimiz kerak.
Ularning yuzu ko‘zlaridagi tabassumni ko‘rish har doim bizga nasib etaversin!
Bayram muborak bo‘lsin muhtarama xotin-qizlar!
Beruniy Alimov
«Yangi media ta’lim markazi» direktori,
Filologiya fanlar doktori