Ayol hayot bezagi, tiriklikning doyasidir!

Ayol eng avvalo ona, sevimli yor, oila farishtasi, xonadonlarning fayzi, qolaversa faol jamoatchi, o‘z sohasining bilimdoni, yetuk, fozila ustoz va murabbiy. Uning ta’rifiga ne-ne dostonlar bitilmagan, kuy-qo‘shig‘u, navolar yaratilmagan?

Men bu bitiklarning bittasini keltirmoqchiman:

«Onalarning oyog‘i ostidadir ravzai jannati jinon bog‘i,
Ravza bog‘i visolin istar ersang, bo‘l onaning oyog‘i tufrog‘i...»

Shunday tabarruk, muhtarama onalar, ayollarimiz doimo biz bilan birga hayotimizni nurlarga to‘ldirib yashayotganlaridan baxtiyormiz. Duogo‘y onaxonlarimiz, mehribon opa-singillarimiz, oqila bekalarimiz, qolaversa, har jabhada faol ayollarimizga bugungi bayramlari qutlug‘ bo‘lsin, doimo sog‘-omon bo‘lishsin, bor bo‘lishsin deymiz!

Ozodbek Nazarbekov
Madaniyat vaziri