Har bir gazeta bamisoli tirik jon, tirik organizm – tug‘iladi, voyaga yetadi, yashaydi, shu bilan bir vaqtda uning ravnaq topishi, gullab-yashnashi va qanchalar uzoq umr kechirishi juda-juda ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib qoladi. Buning sababi chuqur.
Gazetaning hayoti jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liqlikda kechadi. Jamiyatning biror-bir sohasi, biror-bir voqea-hodisasi gazetaning diqqat-e’tiboridan chetda qolmaydi. Yaxshisi ham, yomoni ham. Achchig‘i ham, chuchugi ham.
Quvonchu qayg‘usi ham. “Nega uni yozib chiqding? Nima uchun falonni yozib el-yurtga oshkor qilding?” deb do‘q-po‘pisa qilish, gina-kuduratga borish “GAZETA” otliq moʻjizaning tabiatini, vazifasini, missiyasini tushunmaslik, anglab yetmaslikdan o‘zga narsa emas. Ommaviy axborot vositalarining bayroqdori, yetakchisi bo‘lmish gazetaning boshiga ne kunlar tushsa, ularning bari uning tabiatiga, vazifasi va missiyasiga borib taqaladi.
Gazeta bo‘ysunmas mavjudot, o‘jar, qaysar, o‘z bilganidan qolmaydigan maxluq. Uning bittayu bitta do‘sti bor – haqiqat! Mezoni – vijdon! U o‘zi yashab turgan jamiyatning ko‘zgusi, binobarin, borni bor deydi, yo‘qni yo‘q. Dunyodagi qaysi gazetaning boshiga ne ko‘rguliklar tushgan bo‘lsa, hamma-hammasi ushbu sanab o‘tilgan xususiyatlar tufayli, ushbu fazilatlar… yo‘q, fazilat demaylik, takror bo‘lsa-da, ta’kidlaylik: gazetaning qismati shu, uning peshonasidagi yozig‘i mana shu!
Zamonaviy ommaviy axborot vositalari mintaqamizda vujudga kelganiga taxminan 150 yil bo‘ldi. Bunday qaraganda, u qadar uzoq davr emas, ammo-lekin shu yillar mobaynida mintaqamiz, jumladan, mamlakatimiz ozmuncha ijtimoiy-siyosiy to‘lg‘anishlarni boshdan kechirdimi? Siyosat o‘zgardi, mafkura o‘zgardi, davr o‘zgardi, shunga yarasha matbuot ham ko‘pdan-ko‘p o‘zgarishlarga uchradi. Ana shunday o‘zgarishlar to‘lqinida nima uchun jurnalist o‘zgarmasligi kerak?!
Ta’na va ta’kid to‘la savol davom ettirilsa, tasavvurga sig‘mas ushbu o‘zgarishlar silsilasi jarayonini to‘g‘ri, savodli, ma’rifatli va yanada muhimi, xolis anglab yetish keng ommani, hukmron-rahbariy siymolarni ozmuncha murakkabdan-murakkab vaziyatlarga solib kelmoqdami?!
Matbuot, jumladan, gazeta hukmron mafkuraga bo‘ysunishi, unga xizmat qilishi, yuqoridan chizilgan chiziqdan chetga chiqmasligi milliy jurnalistika uchun yangilik emas. Ammo-lekin bir haqiqatni hech ikkilanmay aytishga burchlimiz: har qanday davrda, har qanday ijtimoiy-siyosiy “ob-havo”da gazetalarimiz gazeta degan sharafli nomga, jurnalistlarimiz jurnalist degan sharafli nomga dog‘ tushirmaslik chorasini izladilar, kasbimiz tiynatidagi eng muqaddas vazifa-missiyani ado etish yo‘llariga sadoqatlarini saqladilar.
Gapni uzoqdan boshlaganimiz bejiz emas. Zero, Farg‘ona viloyatida chiqqan ilk milliy gazeta “Sadoi Farg‘ona”ning dastlabki nusxasi bundan roppa-rosa 110 yil (1914 yil 3 aprel kunidan) muqaddam nashrdan chiqqan.
Savol tug‘iladi: gazeta ta’sis etishdan ne maqsad-muddaolar ko‘zda tutilgan edi? Milliy matbuotimiz tarixi bilimdoni, hassos olim Boybo‘ta Do‘stqorayev tadqiqotlari bu borada tug‘ilajak har qanday savolga javob bera oladi.
Gazetaning birinchi sonida muharrir Obidjon Mahmudov maqsadni ochiq-oydin yozdi: “…xalqimizga qo‘limizdan kelgan qadar xizmat etmakdir”.
“Xalqimizga xizmat etmak” degan jumlaga ham oydinlik kiritishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun o‘sha davrni, milliy va xorijiy voqelik¬larni, xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, mafkuraviy va hokazo ahvollarini bir qadar bo‘lsa-da, tasavvur qilmog‘imiz zarur. Bir so‘z bilan aytganda, aholi o‘rtasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan muammolar shu qadar qalashib ketganki, shunga to‘g‘ri yondashgan “Sadoi Farg‘ona”ning ham ishi-yumushi boshidan oshib-toshgan. Shunday ekan, gazetaning birinchi sonida chop etilgan quyidagi so‘zlarga e’tibor qarataylik: “Dardimiz – bir, kasalimiz ham – bir, davo va darmonimiz ham birdur”.
Boshqacha bo‘lishi mumkin ham emas, zero, gazeta qaysi zamon va qaysi makonda faoliyat yuritmasin, u avvalambor xalqniki, u xalq uchun nashr etiladi, shunday ekan, uning butun turish-turmushi, tutumlari, maqsad-vazifalari keng ommaning qiziqish va manfaatlariga hamohang, vobasta bo‘lib qolaveradi.
“Sadoi Farg‘ona” gazetasining 2-sonidan olingan quyidagi so‘zlarga e’tibor qarataylik: “Gʻazeta bir idorai umumiydir, har kim xayolig‘a kelgon fikrini maydonga chiqarub yozmakg‘a haqi bor”. Biz zamonaviy so‘z erkinligi tizimlari, matbuot erkinligi, ya’ni demokratiya qadriyatlari Gʻarbda paydo bo‘lgan, demokratiyaning otasi-o‘chog‘i Gʻarbiy mintaqalarda degan taassurotlardan voz kecholmaymiz. Vaholanki, mana shu olingan iqtibosga teranroq, chuqurroq razm solaylik. Qaysi qadriyatlar nazarda tutilmoqda mazkur so‘zlarda?
Gazeta–umumning mulki ekanligi, uning sahifalarida har qanday fikrni maydonga tashlashga, ya’ni keng omma e’tiboriga havola qilmoqqa da’vat etilmoqda. Demokratiyaning o‘zagi, umurtqasi ham shu emasmi?! Matbuotni shu yo‘lda “insonni komil” qiluvchi dorilfununga aylantirish niyati, maqsadi, orzusi yotibdi!
“Sadoi Farg‘ona”ning 123 soni dunyo yuzini ko‘rdi, oxirgi soni 1915 yilning 6 iyunida chiqdi.
Chog‘ishtiraylik: “Farg‘ona haqiqati” gazetasining 2023 yil 29 dekabr sonida tahririyat jamoasining “Sarhisob”i e’lon qilindi. Jamoa o‘z mushtariylari, muxlislari oldida hisobot bermoqda. “O‘tgan yil boshida, – deb yozadilar unda, –bergan va’damiz – ijtimoiy-ma’rifiy, tarixiy, xalqaro hayot va davrning dolzarb muammolari yechimiga bag‘ishlangan, viloyat va mamlakat hayotidagi muhim voqealar tafsiloti, tanqidiy-tahliliy, badiiy-publisistik maqolalar, she’r hamda hikoyalar va boshqa ko‘plab mavzulardagi chiqish¬larimiz bilan ma’naviy ozuqa ulashishga baholi qudrat harakat qildik”.
Gazeta sahifalaridan tushmagan ruknlarga ko‘z yugurtiraylik: “Birni ko‘rib fikr qil, birni ko‘rib shukur”, “Achchiq, ammo ochiq gap¬lar”, “Siz nima deysiz?”, “Gazetxon fik¬ri”, “Yodimizdan yiroq odamlar”, “Tarixga nazar”, “Muxbirimiz muammo qo‘yadi”, “Juma saboqlari”, “Yaxshilardan so‘z ochdik”, “Jamiyat og‘rig‘i”, “Qish¬loqlarni yayov kezganda”, “Siz kutgan suhbat”.
Sanab o‘tilgan ruknlar ostida e’lon qilingan chiqishlarni mutolaa qilishdan tug‘ilgan taassurotlar bayoniga kirishilsa, mubolag‘asiz, bir kitobga jo bo‘ladi. Bugungi “Farg‘ona haqiqati” bilan bundan 110 yil muqaddam chop etilgan “Sadoi Farg‘ona” gazetasi jamoasi diliga tukkan maqsad yonma-yon qo‘yilsa, xolis nazar-nigoh tashlansa, qanchalar o‘xshashlik, qanchalar yaqinlik, qanchalar ezgulik ko‘zga yaqqol tashlanadi. Davr boshqa, zamon boshqa, jamiyat va mafkuralar xilma-xil, lekin ezgu maqsad bir: odamlarni xabardor qilish va “insonni komil” qilish!
To‘g‘ri, hozirgi zamon istaklari va imkoniyatlari bilan bir asr burungi holat o‘rtasiga tenglik alomatini qo‘yish mantiqsiz, albatta. “Farg‘ona haqiqati” qamrovni shu qadar keng olganki, bunday miqyosda faoliyat yuritishga mamlakatimizdagi viloyat gazetalari emas, respublika miqyosida chop etiladigan ko‘plab nashrlar ham havas qilsa arziydi.
Zero, gazeta nafaqat viloyat, balki Farg‘ona vodiysi hayotini qamrab olishga jazm etgan (“Vodiy ovozi” sahifasi), bu bilan ham kifoya¬lanmay, mamlakatimizda, qolaversa, dunyo¬¬da kechayotgan muhimdan-muhim voqealarni qamrab olishga harakat qilmoqda.
Avvalo, bir viloyat gazetasi miqyosida shuncha masalani zimmaga olish naqadar oson emasligini qalam ahli yaxshi biladi, tushungan odam tushunadi, biroq zamon boshqa, odamlar boshqa, tafakkurlar mutlaqo o‘zgacha. Hozir eng taqchil narsa – axborot. Axborot qanchalik ko‘p berilsa, u shunchalar ozlik qilayotgan davrda yashab turibmiz. “Farg‘ona haqiqati” taxlamlarini varaqlagan har qanday tadqiqotchi, ilmiy tilda aytganda, tahririyat ijodiy jamoasi minimal imkoniyatlardan maksimal foydalanayotganini ko‘rishi qiyin emas.
“Farg‘ona haqiqati” ana shunday miqyoslarda faoliyatni yo‘lga qo‘ygani viloyat ziyolilarining, Farg‘ona viloyati intellektual-ijodiy dunyosi vakillarining va albatta, viloyat rahbariyatining e’tibori, madadi va qo‘llab-quvvatlashi mevasi ekanligiga shak-shubha yo‘q.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi tashabbusi bilan bir guruh farg‘onalik jurnalistlar Hindiston safariga borib kelishgani alohida voqea ekanligini ta’kidlamog‘imiz zarur. Ushbu o‘ziga xos safar asnosida viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning maqolasi Hindiston matbuotida, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Skand Ranjan Tayalning maqolasi “Farg‘ona haqiqati” gazetasida e’lon qilingani chinakam ma’noda tarixiy voqeadir.
Ustoz Boybo‘ta Do‘stqorayev “Sadoi Farg‘ona” gazetasining 1914 yil 4 may kungi sonida e’lon qilingan Muhammad Odilning “Pilla kam tutilmog‘ining sababi” sarlavhali tahliliy maqolasini “milliy matbuotimizda ilk marta jurnalistik tekshiruv janriga murojaat qilindi” deb baholaydi. Gazetaning 1914 yil aprel-may sonlarida davomli maqola sifatida bosilgan Cho‘lpon qalamiga mansub “Vatanimiz Turkistonda ziroat va dehqonchilik” maqolasini mavzuning mohiyatiga kirish nuqtai nazaridan jurnalist surishtiruviga o‘xshatadi.
Nihoyatda jiddiy xulosa bu. Kashfiyot bu! Chunki “Jurnalist tekshiruvi” hozirgi zamon jahon jurnalistikasida eng ko‘p o‘qiladigan, eng ko‘p samara beradigan janr darajasiga ko‘tarilgan. Milliy matbuotimizda esa ushbu janr imkoniyatlaridan yetarli darajada foydalanilyapti deb aytolmaymiz. Buni qarangki, “Sadoi Farg‘ona”da shu yo‘nalishdagi maqolalar bosilgan ekan, uning hozirgi davomchisi “Farg‘ona haqiqati” sahifalarida ham jurnalist surishtiruvi chiqib turibdi.
…Gazetaning 2023 yil 19 may kungi sonida shahartepalik yakka tartibdagi tadbirkor-chevar Nilufarxon Sodiqova aytgan quyidagi so‘z dono xalqimizning o‘lmas hikmatlari yang¬lig‘ dilga, xotiraga muhrlanadi: “Mehr bergan qo‘lga igna kirmaydi”.
Naqadar halol, naqadar beg‘ubor va naqadar o‘zbekona! Gazeta mana shunday topilmalari uchun ham, muxlislari va mushtariylari ko‘ngliga iliqlik, mehr ulasha olayotgani uchun ham yashashga haqli!